Diego Kostaning "Arsenal"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida

Aziz Tukhtamuradov
25 apr 2015, 00:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning aytishicha hozircha Diego Kostaning "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tushishi aniq emas.
"Diego maydonga qaytishga yaqin. Agar u "Arsenal"ga qarshi o'ynamasa "Lester"ga qarshi maydonga tushadi. Kostasiz muammolarimiz yana bittaga ko'payadi. Ammo, usiz ham ochko yig'ishda davom etmoqdamiz. Kostani tarkibga qaytishini istaymiz. Lekin, boshqa yigitlarga ham ishonaman", - deydi Mourinyo.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru