Diego Godin: "Atletiko" muxlislarining faxrlanishi – men uchun haqiqiy sovrin"

13 may 2019, 21:20
"Atletiko" sardori Diego Godin klubni tark etar ekan, muxlislarga xayralashuv so'zlarini yo'lladi.

"Jamoadoshlarim va muxlislarga rahmat aytaman. "Atletiko" muxlislari mening sodiqligim va o'zimdan faxrlanishlari men uchun haqiqiy sovrin", - deydi Godin.

Urugvaylik himoyachi "matraschilar" libosida 9 mavsum harakat qildi va 8 ta sovrinni qo'lga kiritdi. 

33 yoshli Godin yaqin kunlarda 6.75 million yillik maosh taklif qilayotgan "Inter" jamoasiga borib qo'shiladi va jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: cadenaser.com