Dide Desham: Grizmanning tajribasi ancha oshdi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2016
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Atletiko yarim himoyachisi Antuan Grizmanni maqtadi.

– Antuan Grizmann 2014 yilda termaga kelgandi. U jamoaga nima berdi?

– U Braziliyadagi mundialdan oldin tarkibga yorib kirgandi va chempionatda ajoyib o'ynagandi. Klubini almashtirdi va eng foydali futbolchiga aylandi. Antuan ancha tajribaga ega bo'ldi.

Grizmanning texnikasi kuchli va ikkala oyoqda yaxshi o'ynay oladi. U aqlli va foydali, – deydi Desham.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com