Dide Desham: "Birinchi bo'limda samaradorlik yetishmadi"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2016
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2018 saralashi doirasida Belarus termasiga qarshi o'tkazilgan o'yin (0:0) borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz yaxshi o'ynadik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Hammasini to'g'ri qildik. Lekin, shu kuni raqib darvozabonining ajoyib o'yini va omad yetishmagani evaziga gol ura olmadik. 23ta zarbadan 10tasi aniq bo'ldi, birinchi bo'limda samaradorlik yetishmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa hujumda juda yaxshi o'ynadik. Shogirdlarim etarlicha golli vaziyatlarni yaratishdi. Belarus butun dunyoga mashhur jamoa emas, lekin biz ular bilan ehtiyotkor o'ynadik", - deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirdi "Tmw".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tmw