Dibala "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
21 mar 2022, 19:32
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala "Yuventus"ni tark etishga yaqin turibdi.

Bugun 28 yoshli hujumchining agenti va "byankoneri" rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar argentinalik futbolchining yangi shartnomasi shartlarini muhokama qilishdi, biroq kelisha olishmadi.

Shu tariqa, yozda shartnomasi yakunlanadigan Dibala Turin jamoasini erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Futbolchiga asosiy da'vogar "Inter" hisoblanadi. Unga "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Dibala "Yuventus"da 2015 yildan beri to'p suradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sport Italia