Dibala “Yuventus”dagi yubiley golini “Lamborghini” superkarini sotib olib nishonladi

Eldor Akmurzayev
19 may 2021
Turinliklar hujumkor futbolchisi Paulo Dibala A Seriya doirasida "Sassuolo"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda (3:1) gol urgandi.

Argentinalik “Yuve” lisobidagi 100-golini urdi va yubileyni “Lamborghini Aventador” superkarini sotib olgan holda nishonadi.

Mazkur model 2017 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan. Maksimal tezligi – 350 km/soat. Dibala mashinaning sariq rangdagisini tanlashga qaror qildi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Paulan