Dibala "Yuventus"da qoladimi?

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2022, 20:02
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala hali o'z kelajagi haqida bosh qotirganicha yo'q.

Oldinroq argentinalik "keksa sinora"dan ketishi mumkinligi aytilgandi.

Jurnalist Jovanni Albanezega ko'ra, 28 yoshli futbolchi hozircha agentiga yangi jamoa izlashni aytmagan. 

Aytishlaricha, "Yuventus" va Dibala fevralda 2022 yilning iyunida tugaydigan kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralarga kirishadi. 

Yangi shartnoma shartlari yulduz futbolchining o'yiniga va klub ichki imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia