Dibala "Yuve" bilan kelisha olmayapti, bundan "Manchester Yunayted" foydalanib qolishi mumkin

Mirjalol Normatov
15 noya 2020, 14:14
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala klubdan ketishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 2021 yil yozida futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Oldinroq forvard "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Uning turinliklar bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda Dibala "Yuve" tarkibida 5 o'yinda 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport