

La Repubblica nashri xabar berishicha, Klaudio Raneri hujum chizig'ida Dovbik va Shomurodov tandemidan foydalanishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Dovbik joriy mavsum 38 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va 4 ta golga assist qayd etdi. Shomurodovning hisobida esa 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Hamyurtimiz joriy mavsum 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi.



