Dovbik Mbappening noyob natijasini takrorladi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024
"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik "Real" hujumchisi Kilian Mbappening yutug'ini takrorlashga erishdi, deb xabar berdi "Opta".

27 yoshli ukrainalik futbolchi A Seriyaning 17-turida "Parma"ga gol urib, so'nggi ikki mavsumda Yevropa top-5 chempionatlarining 20 ta turli jamoasi darvozasiga kamida bitta to'p kiritgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bu yutuqga birinchi bo'lib 22 ta jamoa darvozasini ishg'ol qilgan Mbappe erishgan.

Dovbik joriy mavsum "Roma" tarkibida 22 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta