Dibala Ronaldudan nimani o'rganganini aytdi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2024, 21:03
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala "Yuventus"da Krishtianu Ronaldu bilan birga to'p tepgan davri haqida gapirdi.

“Ronaldu bilan birga o'ynash men uchun ajoyib davr bo'ldi. Undan birinchi navbatda, fidoyilikni, g'alaba qozonish va mukammallik sari doimiy intilishni o'rgandim. 

Saudiya Arabistonida Krishtianu uchun hammasi yaxshi ketayotganiga hayron emasman. Messiga kelsak, u bilan o'ynash mening bolalikdagi orzuim edi. U ilhom manbai", - dedi Dibala

Eslatib o'tamiz, Paulo Dibala 2022 yil Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Al Araby