Dibala: "Odamlar Argentina terma jamoasidan "Barselona" o'yin darajasini kutishmoqda"

Aslanov Jasurbek
12 okt 2016, 11:22
Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibalaning so'zlariga ko'ra, muxlislar jamoadan yuqori o'yin darajasini kutishmoqda.

"Albiseleste" JCH-2018 saralash doirasidagi bahsda o'z uyida Paragvayga yutqazib qo'ydi.

"Jamoa yomon o'ynadi, ammo odamlar Argentina terma jamoasidan "Barselona" o'yin darajasini kutishmoqda. Biz uchun bu juda yoqimsiz holat. Jamoa keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyatli o'ynashi uchun buni engib o'tishi lozim. Jahon chempionatida ishtirok etishni o'ylash kerak emas. Argentina terma jamoasi bu turnirda o'z darajasida harakat qilishi shart" - deydi Dibala.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports