Dibala Yevropaning ikki top-klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda

Alisher
28 noya 2020, 18:30
Turinning "Yuventus" klubi bilan shartnomasi borasida kelisha olmayotgan argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning oldida faoliyatini davom ettirish uchun Angliya va Ispaniya variantlari bor.

27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klublari qiziqmoqda. Ikki klub ham o'yinchining vakillari bilan muzokara olib bormoqchi.

Dibala joriy mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Argentinalik o'yinchining Turin klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Team Talk