Dibala "Empoli" bilan o'yingacha safga qaytishi mumkin
Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2016, 20:25
Yuventus futbolchisi Paulo Dibala A Seriyaning 31-turida Empoliga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tusha olishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchining jarohati kutilganidek jiddiy emas. Argentinalik futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va barchasi rejadagidek bo'lsa bir haftadan so'ng maydonga qaytishi kutilmoqda.