Dibala: "Bizning avlod uchun Messi xuddi Maradonadek"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2017
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Barselona" forvardi Lionel Messi nomiga iliq so'zlar aytdi.

Dibala uni Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diego Maradona bilan solishtirdi.

"Bizning avlod uchun Messi xuddi Maradonadek. Leo bilan milliy jamoada o'ynash men uchun sharaf. U kamtar yetakchi.

Neymar haqida gapiradigan bo'lsam, u Messi va Ronaldu darajasiga yaqinlashmoqda" - deydi Dibala.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football