Dibala bilan APLning yana bir grandi muzokara o'tkazmoqda

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 11:11
"Chelsi" "Yuventus" forvardi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.

"Don Balon" xabariga ko'ra, "aristokratlar" 25 yoshli futbolchining keyingi yozda "Stemford Brij"ga ko'chib o'tishi borasida muzokaralar olib borishmoqda. London jamoasi argentinalik futbolchini "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan Eden Azarning o'rnida o'ynatishi mumkin.

Bu mavsumda Dibala "Yuventus" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. "Transfermarkt" portali ushbu futbolchini 110 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon