Dibala "Arsenal"ga o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2022
"Arsenal" "Yuventus" futbolchisi Paulo Dibalani kuzatmoqda.

Klub agar "Benfika" futbolchisi Darvin Nunes bilan shartnoma imzolay olmasa, Dibalani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi 

Nunes - "Arsenal"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi. Biroq, portugaliyaliklar futbolchi uchun 80 million evro so'ramoqda. Dibalaning esa "Yuventus" bilan shartnomasi yakuniga etadi va erkin agentga aylanmoqda. 

28 yoshli argentinalik futbolchiga shuningdek "Chelsi", "Inter" va "Atletiko" tomonidan qiziqish bor.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Tuttosport