Dibala: "Allegridan namunali professional bo'lishni o'rgandim"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2019, 10:30
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Atletiko"ga qarshi bahs oldidan jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida fikr bildirdi.

"Undan ko'p narsani o'rgandim. Ayniqsa qanday ishlash kerakligini, namunali professional bo'lishni, mashg'ulotlarga bor e'tibor qaratishni. O'sishga erishdim deb o'ylayman.

Bu erga kelishim bilan murabbiy menga maydonda erkin harakatlanishga imkon berdi. Ishonch katta ahamiyatga ega. Bunday yirik klubning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman" - deydi Dibala.

"Atletiko" - "Yuventus" uchrashuvi 21 fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA