Dias "Liverpul"dan ketishga tayyor. "Barselona" va "Bavariya" yangi takliflar tayyorlamoqda

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2025, 17:52
"Barselona" va "Bavariya" Luis Dias bo'yicha yangi taklif yubormoqchi.

Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, agar yaxshi taklif kelib tushsa kolumbiyalik vinger bu yozda "Liverpul"ni tark etishga tayyor.


Mersisaydliklar "Bavariya"ning takliflarini va iyun oyida "Barselona"dan kelgan so'rovni rad etgan, chunki ular Diasni saqlab qolishni xohlaydi.


Takidlanishicha, "Barselona" va "Bavariya" o'yinchini o'z safiga qo'shib olish uchun yangi urinishlar qilishni rejalashtirmoqda va uning agentlari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada bo'lib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano