Di Mariya terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Оқил Абдубарноев
7 sen 2023, 22:31
Argentinalik futbolchi Anxel di Mariya terma jamoa libosidagi faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Benfika" yarim himoyachisi 2024 yilgi Amerika kubogidan so'ng Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi.

Eslatib o'tamiz, Anxel 2008 yildan buyon Argentina terma jamoasi libosida o'ynab kelmoqda. U milliy terma jamoa safida 132 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urgan, jumladan, Qatarda o'tkazilgan jahon chempionatining finalida Fransiya darvozasini ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN