Di Mariya mavsumning eng yaxshi pas uzatuvchisi bo'ldi

Tolibjon Qosimov
27 may 2014, 12:49
"Real" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o'tgan mavsumda Yevropa kuchli beshlik (Ispaniya, Angliya, Italiya, Germaniya va Fransiya) chempionatlarida eng yaxshi pas oshiruvchisi bo'ldi.
26 yoshli argentinalik futbolchi o'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 17ta golli pas oshirdi.

Bu borada Di Mariya Fransesk Fabregas ("Barselona"), Stiven Jerrard ("Liverpul"), Koke ("Atletiko") va Marko Roysni ("Borussiya" D) ortda qoldirdi. Bu futbolchilar hisobida 13tadan golli pas bor.

Di Mariya YCHL finalining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru