Di Mariya faoliyatidagi eng yomon murabbiy kim bo'lganini aytdi: "Shubhalaringiz bo'lsa, ularni tarqatib yuborishga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2024, 14:03
Anxel Di Mariya Lui van Galni faoliyatidagi eng yomon murabbiy deb atadi.

"Benfika"ning argentinalik yarim himoyachisiga faoliyatidagi eng yaxshi uch murabbiy kimlar bo'lgani haqida savol berishdi. Biroq u savolga javob berishni istamay, o'rniga eng yomoni kimligini aytdi.

"Hammadan yomoni Lui van Gal bo'lgan, bunga sizni ishontira olaman. Agar qandaydir shubhangiz bo'lsa, ularni tarqatib yuboraman" - dedi Di Mariya.

Argentinalik futbolchi 2014-2015 yillarda "Manchester Yunayted"da Lui van Gal qo'l ostida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN