Di Mariya A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 dek 2020, 08:51
Argentinalikka ikki top jamoa xaridor.

PSJ a'zosi Anxel di Mariya jamoasini o'zgartirishni istamoqda. Futbolchi qishki trasnferlar oynasi vaqtidayoq klubni tark etishi mumkin. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra Anxelning agenti “Milan” va “Yuventus” bilan muzokara olib bormoqda.

Avvalroq futbolchining PSJda ko'proq o'yin amaliyoti berilmayotganidan norozi ekanligi ma'lum bo'lgandi.

32 yoshli argentinalik joriy mavsum PSJ safida 11 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato