Di Kanio "Yuventus"ning 3 nafar futbolchisini tanqid ostiga oldi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023, 17:28
Italiyalik mutaxassis "byankoneri"ning chempionlik uchun kurashishiga ishonchi komil emas.

"Yuventus" sobiq futbolchisi Paolo Di Kanio Turin klubining uch nafar futbolchisi sifatiga shubha bilan qaradi.

"Makkenni "Lids"ga ijaraga berildi va uning quyi ligaga tushib ketishiga hissa qo'shdi – u chempionlikni qo'lga kiritadigan jamoada doimiy o'yinchi bo'lishi mumkinmi? Men futbolchini yo'q qilib, u hech narsa qila olmaydi demoqchi emasman, lekin qadriyatlar bor.

"Sassuolo"ga qarshi o'yinda Gatti, Miretti va Makkenni birga o'ynashdi. Bu uchalasi nechta jamoada o'ynab ketgan bo'lardi? Gap faqat chempionlik uchun kurashayotganlar haqida emas. Ular g'oliblar uchun asosiy tarkib a'zolarimi?", – dedi sobiq futbolchi.

Oldinroq "Yuventus" bosh murabbiyi Gattini qo'llab-quvvatlashini bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia