Deyan Bolevich "Nasaf"ni tark etdi-mi?

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2016, 12:36
Bugun “Nasaf” ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Unga ko'ra "ajdarlar" Fozil Musaev va Shahboz Erkinov kabi mahalliy futbolchilar qatorida uch nafar legionerni tanishtirishdi.

Serbiyalik Ognen Krasich va Dragan Cheran, rossiyalik Igor Golban ikkinchi davrada "Nasaf" sharafini himoya qilishadi.

PFL reglamentiga ko'ra bitta klublar 3+1 tizimida legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

Bugun tanishtirilgan legionerlarning hech biri osiyolik emasligini inobatga olsak "Nasaf"ning serbiyalik himoyachisi Deyan Bolevich klubni tark etadi. Bu borada hozircha rasmiy xabar berilmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia