Devis yozdayoq "Real"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 avg 2024, 00:55
"Bavariya" yozda Alfonso Devisni 50 mln evroga sotib yubormoqchi.

"As" ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" rahbariyati Devisni 2025 yilda tekinga ketishini istamagan va shu sababli ushbu transferlar oynasi vaqtida sotib yuborish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Himoyachi eng kamida 50 mln evroga sotilishi kerak. Futbolchining o'zi ham 2025 yilda "Real"ga o'tishni istagandi, biroq tomonlar shartnomani uzaytirish uchun muzokaralarni 1 yanvargacha boshlay olmasligi sababli "Bavariya" katta summani qo'yib yubormoqchi bo'lmayapti.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, agarda futbolchi jamoadan ketishni istamasa, mavsumni zaxira o'rindig'ida o'tkazishi ham mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As