

"Men "Oltin to'p" uchun nomzodlar qatorida bo'lishni xohlardim. "Bavariya"da ushbu sovrin uchun da'vogarlik qiladigan o'yinchilar doim bor.
Bundesligadan kim ushbu sovrinni yutishi mumkin? Erling Xoland aniq "Oltin to'p" uchun kurashadi. Shuningdek da'vogarlar orasida Jeydon Sanchoni ham tasavvur qilish mumkin", - deydi kanadalik futbolchi.
20 yoshli himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushdi.



