Devid Moyes: "Runi bilan kelishib olsak shartnomani uzaytirgani haqida e'lon qilamiz"

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2014, 14:07
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes klub hujumchi Ueyn Runi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazayotgani haqida aytib o'tdi.
"Runining yangi shartnomasi bo'yicha Ed Vudvord, Ueyn va uning agentlari shug'ullanishmoqda. Bu tasdiqlansa xabar beramiz. Bu qachon bo'ladi? Barchasini kelishib olsak.

Agar Runini o'yini haqida gaplashmoqchi bo'lsangiz marhamat, lekin shartnoma borasida gaplasha olmayman", – deydi Moyes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru