Devid Moyes: "MYU" Vidich bilan shartnomani uzaytirish uchun barcha ishni qiladi"

Tolibjon Qosimov
28 sen 2013, 17:26
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes klub rahbariyati himoyachi Nemanya Vidich bilan shartnomani uzaytirishiga ishonadi.
31 yoshli serbiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2014 yil iyun oyida tugaydi. Vidich "Manchester Yunayted"ga 2006 yil "Spartak"dan 7 million funt evaziga ko'chib o'tgandi.

– Men Vidichning shartnomasi shartlarini bilmayman. Hozircha buni ko'rib chiqqanim yo'q. Ammo klub rahbariyati u bilan kelishuvni uzaytirish uchun barcha ishni qiladi. Vidich hali u qadar qari emas. Bu top-darajadagi o'yinchi, men ishlagan eng kuchli markaziy himoyachi, – deydi Moyes ESPN ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net