

Dest bilan "San-Siro"da ijara shartnomasi muddati cho'zilishi borasida harakatlar boshlandi.
Qo'shma Shtatlar termasi qanot himoyachisi Kataloniya klubidan kelib qo'shilganidan buyon ajoyib o'yin ko'rsatdi va ayniqsa, yakshanba kungi "Fiorentina"ga qarshi o'yindagi harakatlari Paolo Maldinining e'tiborini tortgani aytilmoqda.
"Rossoneri" 22 yoshli futbolchini 20 mln evro evaziga doimiy o'ziniki qilish imkoniga ega bo'lsa-da, yangi ijara shartnomasi uchun muzokaraga kirishish uchun hozirlik ko'rayotgani ma'lum qilindi.
Serjino Dest joriy mavsumda Milan klubi tarkibida 9 ta o'yinda ishtirok etdi.



