Dest: “Messi ingliz tilini bilmas ekan, shu sabab uni tushunolmadim”

Eldor Akmurzayev
6 okt 2020, 19:50
Kataloniyaliklar yangi himoyachisi Serjino Dest jamoa yetakchisi Lionel Messi bilan ilk uchrashuvi haqida gapirdi.

“Ko'pchilikni ko'rdim, shu qatorda Messini ham. U ingliz tilini bilmas ekan, lekin uchrashuvimiz o'zgacha ahamiyat kasb etdi. To'g'risi, u menga nima deganini tushunolmadim. Nega “Barselona”ni tanladim? Bu yerda o'ynashni xohlagandim, yoshligimdagi sevimli futbolchim – Ronaldinyo. Ular tomonidan qiziqish paydo bo'lganini bilganimdan keyin esa qaror qabul qilishga qiynalmadim”, deydi Dest.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As