Desham: "Pogba bilan aloqada bo'lib turibman"

Sherzod Nurmatov
9 avg 2022, 22:00
Hozir futbolchi jarohatini davolash bilan band.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning Jahon chempionatida ishtirok etish yoki etmasligiga oydinlik kiritdi.

"Albatta, men Pol bilan aloqada bo'lib turibman. U bo'lajak Jahon chempionatida ishtirok etishi shubha ostida emas. U terma jamoaga chaqiriladimi yoki yo'qligini bilish uchun yakuniy ro'yxatni kutishga to'g'ri keladi, bu barcha futbolchilarga taalluqli", – dedi mutaxassis.

Avvalroq, Pogba jarohati sabab jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca