Desham Kantening “Oltin to'p”ni yutish imkoniyatini baholadi

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2021
Fransiya TJ bosh murabbiyi Dide Desham “Chelsi” yarim himoyachisi N'Golo Kantening “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi borasida o'z fikrlarini aytdi.

“Kreativligi yo'q ko'p gol urmaydigan futbolchi bunga qanday erishishini bilmayman. “Oltin to'p”ni yutish uchun bir qancha gol urish va bir nechta golli uzatmani amalga oshirish lozim, ammo …

Bu oldin ham sodir bo'lgan, masalan, Fabio Kannavaro bilan. Boshqa holatlar ham bo'lgan, masalan, Mattias Zammer. Ammo odatda sovrin hujumdagi futbolchilarga beriladi”, deydi Desham.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli francuz 2020/21 yilgi mavsum “Chelsi” libosida 48 o'yinda qatnashib, 3 ta golga hammuallif bo'ldi. U “aristokratlar” bilan YCHLda g'olib bo'ldi va “Man SIti” (1:0)ga qarshi finaldagi eng yaxshi futbolchi sovrinini ham qo'lga kiritgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC