Desham Kabayga PSJdan ketishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2015, 16:10
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning takidlashicha, PSJ yarim himoyachisi Yoan Kabay klubdan ketishi kerak.

"Yoan qiyin vaziyatga tushib qoldi. U bu haqda biladi. Kabay o'zining eng yuqori darajasiga chiqishi uchun o'z tezligini qaytarib, tez-tez maydonga tushib turishi lozim.

U kabi futbolchilar klub tanlashda erkinlikka ega bo'lishi kerak. Yoan ahmoq emas. U o'zi uchun to'g'ri qarorni qabul qiladi deb umid qilaman" - deydi Desham.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com