

Oktyabr oyida Nasri, agar uning otasi bosh murabbiy bo'lib MTJga chaqirsa ham qaytib bormasligini bayon qilgan edi.
"Odamlar doimo terma jamoaga chaqirmaydigan o'yinchilarim haqida gapirishadi. Nasrini bugungi tarkibdagi futbolchilar bilan solishtirmang. Samir bo'yicha o'z qarorimni e'lon qilganman va uni o'zgartirmayman. Barchasi oddiy va tushunarli, Nasri MTJda bo'lmaydi", deydi Desham.



