Desham: "Hammasi o'zimizga bog'liq, Fransiya terma jamoasi g'alaba qozonishi kerak"

Aslanov Jasurbek
8 okt 2017, 16:35
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCH-2018 saralash uchrashuvida Bolgariya ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Bahs qiyin kechdi, xatolar juda ko'p bo'ldi. Ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazmadik, raqib agressivroq ko'rindi. Bor-yo'g'i bir uchrashuv qoldi va hammasi o'zimizga bog'liq. Seshanba kuni g'alaba qozonishimiz shart" - deydi Desham.

Fransiya terma jamoasi hal qiluvchi turda 10 oktyabr kuni Belarusni qabul qiladi. G'alaba fransiyaliklarga mundial yo'llanmasini taqdim etadi.

"A" guruhi turnir jadvali:

1. Fransiya - 20 ochko

2. Shvetsiya - 19

3. Gollandiya - 16

4. Bolgariya - 12

5. Belarus - 5

6. Lyuksemburg - 5

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TF1