Desham: "Barchasi ham ideal bo'lmadi"

Mirjalol Normatov
6 sen 2020
Fransiya termasi bosh murabbiyi Dide Desham Shvetsiya termasiga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Stokgolmda o'tgan Shvetsiya - Fransiya bahsida 41-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.

"Barchasi ham ideal bo'lmadi. Yangi tizim hozircha yaxshi ishlamoqda. Hujumda yanada ko'prog'iga erishishimiz mumkin edi. 4-4-2 sxemasiga qarshi o'ynadik, eng qiyini shundaki, raqiblar tarkibida qanot futbolchilari ko'p edi.

Bahona izlamayman. Pandemiyadan keyingi ilk o'yin edi, futbolchilarning barchasi ham yaxshi jismoniy holatda emasdi. Turnirni g'alaba bilan boshlab olganimiz yaxshi bo'ldi", - dedi Desham. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal