Derkach “Mashal”ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 08:26
Ukrainalik yarim himoyachi Andrey Derkach yana “Mashal” jamoamizga kaytdi.

Faoliyatini yurtimizda aynan “Mashal” da boshlagan futbolchi 2014-2015 yilgi mavsumni muborakda o'tkazgandi.

Keyinchalik u yurtiga qaytib ketdi va mavsum boshlanganida boshqa jamoa safida ko'rinish berdi anikrog'i, Zarafshonning “Qizilqum” kulubi bilan kelishuvga erishgan edi.

Birinchi davra yakunlangach Derkach yana jonajon kulubi “Mashal” ga qaytdi. Hozircha ukrainalik futbolchi “Mashal” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. U jamoada qolish-qolmasligi yaqin kunlarda ma'lum bo'ladi.

Dilshod Safarov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz