Derbi vaqtida "Real" futbolchisining uyini tunab ketishdi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 10:29
"Real" yarim himoyachisi Kazemironing uyi "Atletiko"da qarshi o'yin vaqtida tunab ketildi.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, o'g'rilar Kazemironing rafiqasi va qizi uyda bo'lib turgan paytda o'g'rilikni amalga oshirishgan. Ular qimmatbaho buyumlar va bir qancha pullarni olib ketishgan. Hozircha yo'qolgan narsalarning umumiy summasi ma'lum bo'lganicha yo'q.

Ispaniyada futbol o'yinlari vaqtida futbolchilarnig uyini tunash hodisasi ko'payib ketdi. Bunga qadar "Real"ning bir qancha futbolchilarining uyiga ham o'g'rilar kirishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito