

RMC xabariga ko'ra, futbolchi Yevropaning top-klublaridan yaxshiroq taklif kutayotgani sababli muzokaralarga kirishishni paysalga solib yuribdi. Oldinroq 26 yoshli futbolchiga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Biroq "Lion" yetakchi futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
Depayning "Lion" bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi.



