Depay ham safdan chiqdi, "Barselona"da bitta hujumchi qoldi

Оқил Абдубарноев
10 dek 2021, 21:39
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinda (0:3) mushaklari shikastlangani sababli forvard kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, Depay La Ligada 15 ta o'yinda 8 ta gol urib, "Barsa"ning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

"Barselona"da faqat bitta sog'lom forvard bor - Lyuk de Yong. Depaydan tashqari, jarohatlar tufayli Martin Breytueyt va Ansu Fati maydonga tusha olmaydi, Kun Aguero esa yurakdagi muammolar tufayli bir necha oyni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As