Denisovsiz o'ynagan “Lokomotiv” safida Galiulin to'liq harakat qilgan “Tosno”ni engdi, “Zenit”da durang

Aslanov Jasurbek
11 dek 2017, 23:58
Hozirgina Rossiya chempionatida 20-turning yana ikkita uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Moskvaning “Lokomotiv” klubi safarda “Tosno” jamoasi mehmoni bo'lib, 3:1 hisobidagi g'alabaga erishdi. Jefferson Farfan o'yinda dublga erishdi. Yana bir gol Antonio Eder hisobiga yozildi. Yagona javob to'pini Nikola Truich kiritdi.

“Temiryo'lchilar” tarkibida Denisov maydonga tushirilmadi. “Tosno”da esa Vagiz Galiulin to'liq harakat qildi. Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi esa Grozniyda “Axmat” klubi bilan nursiz durangga imzo chekdi. O'yinda hisob ochilmadi. 

Bugungi g'alabadan so'ng “Lokomotiv” 45 ochko bilan turnir jadvalidagi yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Zenit”da 37, 14-pog'onadagi “Tosno”ada 20 ochko bor. 

Rossiya chempionati. 20-tur

Tosno – Lokomotiv 1:3 (0:1, 1:2)

11 dekabr, 21.30. “Petrovskiy” stadioni

Gollar: 0:1 – 19 Farfan, 0:2 – 54 Eder, 1:2 – 69 Truyich, 1:3 – 73 Farfan.

Tosno – Yurchenko, Chernov, Dugalich, Buyvolov, Vagiz Galiulin, Karnickiy, Truyich, Palienko (Nunu Rosha, 58), Muxametshin (Melkadze, 66), Mirzov, Markov.

Lokomotiv – Kochenkov, Ignatev, Peychinovich, Kverkveliya, Kolomeycev (Rotenberg, 90), Igor Denisov, Miranchuk, Fernandesh (Miranchuk, 81), Farfan, Lisov, Eder (Tarasov, 66).

Ogohlantirishlar: Ignatev (33), Palienko (44), Dugalich (73), Kochenkov (87).


Axmat – Zenit 0:0 (0:0, 0:0)

11 dekabr, 21.30. “Axmat-Arena”

Axmat – Gudiev, Anxel, Filipe Sampayo, Pliev (Moxammadi, 69), Semenov, Roshi, Ivanov, Mitrishev (Sadaev, 76), Ismael, Leo Jaba (Balay, 83), Uciev.

Zenit – Lodigin, Mevlya (Driussi, 69), Ivanovich, Krishito, Kuzyaev, Kranevitter, Paredes, Kaplenko (Shatov, 55; Poloz, 86), Rigoni, Jirkov, Kokorin.

Ogohlantirishlar: Ivanov (26), Jirkov (27), Paredes (73), Filipe Sampayo (73), Uciev (73).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif