Denis Suares "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi

"Barselona" yarim himoyachisi Suares faoliyatini Angliyada dvaom ettiradi.

Sky Sport Italia nashrining xabariga ko'ra, "Arsenal" ustozi Unai Emeri sobiq shogirdiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, Emeri va Suares Sevilyada birga ishlashgan. Bir necha kun avval 24 yoshli xavbekning narxi 50 million etib belgilangandi.

Ispaniyalik joriy mavsumda "Barselona" safida ikkita o'yinda maydonga tushdi.


Manba: Sky Sport Italia