Denis Korostichenko: "Sun'iy maydonda futbol o'ynash oson emas"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2023
Pro-liga 14-turidan o'rin olgan "Aral" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun muxlislar ajoyib atmosfera taqdim etib berishdi. 

Hakam haqida fikr bildirishni istamagan bo'lardim. Biroq, bugungi o'yinga tayinlangan hakamda tajriba yetishmadi.

- Mag'lubiyat sababini stadion bilan bog'lash mumkinmi?

- Sun'iy maydonda o'ynash oson emas. Albatta qiyin bo'ladi. Bugun og'ir o'yin o'tkazdik. Biroq, biz bugun futbol o'ynashga kelgandik va harakatimiz shunga mos bo'ldi.

- "Aral" safida qaysi futbolchi e'tiboringizni tortdi?

- Mezbonlar safida Qutibaev va Yusupbaevlar ajoyib harakat qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia