Denis Cherishev yanvarda "Marsel"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 dek 2015
“Real” yarim himoyachisi Denis Cherishev qishki transfer oynasi vaqtida “Marsel”ga o'tishi mumkin.

Futbolchining transferi borasida tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan. Fransiya klubi murabbiyi Michel Gonsales rossiyalik futbolchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Gonsales futbolchi bilan 2006, 2007 yillari “Real” yoshlarida birga ishlagan. 

Eslatib o'tamiz, “Real” Denis Cherishev sababli Ispaniya kubogidan chetlatilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS