

“Yunayted” qiziqayotganini qanday bildim? Qachonligini eslay olmayman, lekin mavsum oxiriga yaqinligini bilaman. Bu shunchaki suhbat edi, barchasi amalga oshishiga esa ishonmagandim. Hali ham bunga ishonolmayman.
Bu ajoyib vaqt edi – “Suonsi”da ekanligimdan zavq olardim, mavsumning oxirida yaxshi harakat qildik va pley-off o'rinlariga ilinishga urundik.
“Manchester Yunayted” qiziqyotganini eshitish esa men uchun g'alati edi, boisi, bu katta futboldagi birinchi yilim bo'lgandi”, deydi 22 yoshli futbolchi.



