Demirbay: "Ozil Germaniya madhiyasini kuylashga majbur emas"

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2018, 17:22
"Xoffenxaym" yarim himoyachisi Karim Demirbayning fikricha, Mesut Ozilni milliy jamoaning JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizligida ayblash noto'g'ri.

"Hammasi yaxshi bo'lsa hech kim hech narsa demaydi. Muammo chiqqanda hammasida bir kishini ayblash noto'g'ri. Mesut faxr bilan Germaniya terma jamoasi futbolkasini kiyadi.

Ozil madhiyani kuylashga majbur emas. U germaniyalik turk bo'lgani uchun emas, chunki u shuni istadi. Siz qarorni hurmat qilishingiz kerak, chunki boshqa terma jamoalarda ham futbolchilar shunday yo'l tutishadi"- deydi Demirbay.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker