Demikelis: “Atletiko” menga ishonayotgani men uchun sharaf

Tolibjon Qosimov
26 iyul 2013, 13:49
Madridning “Atletiko” klubining yangi himoyachisi Martin Demikelis poytaxt klubida o'ynashidan juda xursand, deya xabar beradi ispan matbuoti.
Argentinalik futbolchi judayam ishtiyoqi kuchliligini ta'kidladi.

“Futbolchi uchun “Atletiko”dek klub uni eslayotgani va unga ishonayotgani katta sharaf. Axir bu jamoa muvafaqiyatli mavsumni o'tkazdi. Shunday jamoaga qo'shilganim menga katta ishtiyoq bag'ishlaydi. Ishonamanki, “Atletiko”ni muvafaqiyatli mavsum kutib turibdi. Bu jamoa futbolchilarining sifati ko'zga tashlanadi. Shunday ekan, bunday klubning obro'yi va tarixini himoya qilish kerak”, - dedi Demikelis.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com