Dembelening jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Uning qancha muddatga safdan chiqqani e'lon qilindi

Khoja
7 sen 2025, 07:35
PSJ hujumchisi Usmon Dembelening Fransiya termasida olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Dembele oyog'idan olgan jarohat sababli 6 hafta davomida maydonga tushmaydi. Bu haqida Fransiya klubining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Dembele joriy mavsum 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru