Dembele va Pedri "Barselona"ning Xavi qo'l ostidagi ilk o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
19 noya 2021, 14:04
"Barselona" yarim himoyachilari Usmon Dembele va Pedri "Espanol"ga qarshi La Liga 14-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ikki o'yinchi 18 noyabr kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi va jarohatdan tiklanishda davom etishmoqda.

Kataloniya klubi yana bir jarohatga yo'liqishni oldini olish uchun ularga formani yig'ishga vaqt bermoqchi.

"Barselona" - "Espanol" o'yinin 20 noyabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi. Bu Xavining "Barsa" murabbiyi sifatidagi ilk o'yini bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca